Qoraqalpoq davlat qo’g’irchoq teatri direktori Usmanatdin Mambetaliyev shu kunlarda Gruziya Respublikasida gostrol safarida
Qoraqalpoq davlat qo’g’irchoq teatri direktori Usmanatdin Mambetaliyev shu kunlarda Gruziya Respublikasida gostrol safarida bo‘lib, Tbilisi shahridagi Gruziya davlat professional qo’g’irchoq teatrlari birlashmasi rahbari N.Sabashvili bilan rasmiy Memorandum imzoladi.
Mazkur Memorandumga asosan ikki davlat qo’g’irchoq teatrlari o‘rtasida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, bunda rejissyor, aktyorlar va rassomlar almashuvi va barcha ijodiy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik amalga oshirilib, Gruziya Respublikasida va O’zbekiston Respublikasida bo‘ladigan xalqaro festivallariga taklif etiladi.
Bundan tashqari Qoraqalpoq davlat qo’g’irchoq teatri ijodiy jamoasi Gruziya Respublikasining shaharlarida, Gruziya Respublikasining qöğirchoq teatri O’zbekiston Respublikasi shaharlarida gostrol safarlarida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.